TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

Universitet va ishlab chiqarish integratsiyasi

Universitet talabalarining yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari, bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallashlarida amaliyotining o‘rni beqiyosdir.

“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi III-bosqish 301-guruh  talabalari 5+1 dasturi asosida haftaning bir kunini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazmoqdalar. Bunda Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi professor-o‘qituvchilari bevosita tashabbus ko‘rsatishmoqda.

Talabalar oliygohda olgan nazariy bilimlarni amaliy mustahkamlash bilan bir qatorda yangi bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lmoqdalar. SUVMASH AJ da amaliy mashg‘ulotlarni o‘tayotgan talabalarning o‘z mutaxassisliklariga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortmoqda.

 

Universitet matbuot xizmati