Universitet va ishlab chiqarish integratsiyasi
Talabalarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari, bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallashlarida amaliyotining o‘rni beqiyosdir, agar amaliyot ishlab chiqarish korxonalarida o‘tilsa nur ustiga a`lo nurdir.
Xususan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi III-bosqish talabalari 5+1 dasturi asosida haftaning bir kunini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazmoqdalar. Bunda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bevosita tashabbus ko‘rsatishmoqda.
Talabalar oliygohda olgan nazariy bilimlarni amaliy mustahkamlash bilan bir qatorda yangi bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lmoqdalar. “Amkodor – Agrotexmash” va “SUVMASH” AJ larida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tayotgan talabalarning o‘z mutaxassisliklariga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortmoqda.
Universitet matbuot xizmati