TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2022

Universitet olimа аyоllаri – loyihа ishtirokchisi

Universitet xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi raisi va “Olima ayollar” klubi raisi U.Sangirova tomonidan oʼquv yili davomida bir qancha talaba qizlar uchun “Eng yaxshi biznes-reja” boʼyicha loyiha tanlovlari eʼlon qilinib, loyihalarga olima ayollarni jalb qilish va magistrantlar , doktorantlar orasida kichik loyihalar tanlovlari oʼtkazib turildi. Bu esa oʼz navbatida loyihalar ustida ishlashga imkon tugʼdirdi. 2021 yilda aynan mana shunday tanlovlarda 10 ga yaqin ayol professor-oʼqituvchilarimiz tomonidan innovatsion va amaliy loyihalar tanlovida qatnashdilar. Bu esa ayol professor-oʼqituvchilarining universitet oldida bu sohalardagi ulushini belgilab berdi desak mubolagʼa boʼlmaydi.

2022 yil innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar”ning 66-turdagi tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qildi. Bu borada xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi aʼzolari bilan bevosita tushuntirish ishlari olib borildi. Barcha qatnashuvchi ayol professor- oʼqituvchilar bilan birga magistrantlar va tayanch doktorantlar ishtirokida, 2022 yil 18 – aprel kuni “Olima ayol” klubi raisi iq.f.n., dotsent U.Sangirova ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor t.f.d, professor T.Sultonovlar tomonidan ONLАYN VEBINАR tashkil etildi.

Vebinarda aynan bu turdagi ayollar uchun eʼlon qilingan loyihaning bir qancha boshqa innovatsion loyihalar va soha yoʼnalishidagi loyihalardan farqli jihatlari ham tushuntirib berildi. Shu bilan birga har bir loyiha tayyorlashga xos boʼlgan ilovalarning toʼldirilishi va ularga qoʼyilgan talablar haqida ham alohida toʼxtab oʼtildi. Bu esa barcha loyihaga ishtirok etmoqchi boʼlgan ayol professor – oʼqituvchilar va barcha jamoani loyiha topshirishga boʼlgan qiziqishini uygʼotdi desak boʼladi. Chunki savol –javoblar juda koʼtarinki ruhda oʼtdi.

Vebinar soʼngida barcha fakulьtet kesimida dekan maslahatchilariga loyihaga qatnashuvchilar roʼyxatini shakllantirish va ular bilan ilmiy boʼlim mutasaddi xodimlari, “Olima ayol” klubi raisi va xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi raislari alohida shugʼullanishi kelishib olindi. Bu esa, ayollarning loyiha doirasidagi ishtirokini oshiradi va natijalarga erishishga amaliy yordam boʼladi.

 

Universitet matbuot xizmati