TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2024

Universitet jamoasining navbatdagi top oliygoh politecnico di torino (polito) ga tashrifi

Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida “Development of the Targeted Educational Program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUZ)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi – “First Technical Training and Project Meeting” Italiyaning Turin shahrida Politecnico di Torino universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet tomonidan “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.X.Siddiqov, D.B.Qodirov va J.O.Izzatillayevlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv rejasiga kiritilgan texnik trening bir hafta davom etib, unda Italiyaning Politecnico di Torino (POLITO), Portugaliyaning Universidade de Evora (EVORA) va Ispaniyaning Universidad Politecnica De Madrid (UPM) kabi Evropa universitetlari professorlari quyidagi modular bo‘yicha o’z ma’ruzalarini olib bordilar:

- PV asosidagi quyosh energiyasi tizimlari;

- CSP asosidagi quyosh energiyasi tizimlari;

- Energiyani saqlash usullari va qurilmalari;

- Sanoatning texnologik o‘lchovlari va asboblari;

- Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari.

Trening DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lajak bakalav talabalariga asosiy bilimlarni berish uchun eng muhim nazariy mavzularga qaratilgan. Bundan tashqari, treningda ko‘nikma va malakalarni oshirish uchun amaliyotlar, laboratoriyalar, guruh loyihalari bilan eng qiziqarli ta’lim yondashuvlari taqdim etilgan.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari loyiha doirasidan tashqari dunyoning TOP-300 ta oliygohlari qatoridan joy olgan Italiyaning Politecnico di Torino (POLITO) universitetida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ishtirokchilarda juda katta qiziqish uyg‘otdilar. Ma’ruza ishtirokchilari universitet tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

Universitet matbuot xizmati