TIQXMMI yangiliklari

img
01.02.2022

Universitet ilmiy ishlari salohiyati oshirilmoqda

Respublikada innovatsion taʼlim va texnologiyalar transferini qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish, taʼlim va ishlab chiqarishni uzviy bogʻlash, oliy taʼlim muassasalari faoliyat yoʻnalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida ham izchil taʼminlanmoqda. Universitet tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar oʻz samarasini bermoqda.


 



Joriy yilning 31 yanvar kuni 13.00.05-Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Professional taʼlim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tayanch doktoranti Xayrullo Tuychiyevning “Talabalarning oliy taʼlim muassasasiga kasbiy-pedagogik moslashishini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi kafedraning kengaytirilgan ilmiy seminarida koʻrib chiqildi. Ilmiy rahbar pedagogika fanlari doktori Z.K.Ismailova. Tadqiqot ishining maqsadi talabalarning oliy taʼlim muassasasiga pedagogik moslashish tizimini takomillashtirish iborat boʻlib, tadqiqot ishi oliy taʼlim muassasalarida talabalarni kasbga tayyorlash jarayonida taʼlim muhitiga moslashish koʻnikmasini shakllantirishda va  amaliyotga tatbiq etilishiga ishonamiz.

                               


   Universitet matbuot xizmati