Universitet ijodkorlarining ijodiy ishlari “Yoshlik” jurnalida
Respublikamizning eng nufuzli jurnallaridan biri bo’lgan “Yoshlik” jurnalida universitetimizda tashkil etilgan “Ilhom buloqlari” to’garagi a’zolarining ijodiy ishlari chop qilinmoqda. Jurnalning navbatdagi sonida to’garak rahbari Xursandbek Ro’zmetovning “VAQT” she’ri e’lon qilindi. Ijodkor yoshlarning keyingi ijodiy faoliyatida omad va ulkan zafarlar tilaymiz.
Universitet matbuot xizmati
(ILOVA)
VAQT
Bugun xo’p o’ydaman, yurakda bir sas,
Sho’ng’iyman goh hayol oralamoqqa.
Vaqt degani buncha to’xtamas, tinmas,
Oshiqar ko’ngimni yaralamoqqa.
To’xta, bunchalar ham tezlashma hayot,
Hislarim yondirding olovlaringda.
Har gal kutaverdim o’zingdan najot,
Senchi, toblayverding, sinovlaringda.
Shavqat qilganmiding Cho’lponlaringa,
O’zni oqlashgaku, bermading imkon.
O’rik gullayverdi har bahoringda,
Lek bir bor qaytmadi Hamid Olimjon.
Qora kunlarimda uzundan-uzun,
Baxtli onlarnichi, ketarsan yulib.
Vujudim koni dard, ersada ammo,
Barini yengaman birma bir kulib.
Umr degani ham vaqtga bosar yon,
Ikkilashib quvar, bir jonimizni.
So’ngi nafasimiz, bilmaymiz qachon,
Qadrlab yashaylik har onimizni.