TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2023

Universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha taqsimot komissiyasi o‘z faoliyatini boshladi

“Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risdagi Nizomga” muvofiq, o‘qishga davlat granti asosida qabul qilingan talabalar (bakalavr va magistrlar) o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng, ishga taqsimlangan joyda kamida uch yil ishlab berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnomalar tuzish hamda ishga taqsimlash va joylashtirish masadida universitetning taqsimot komissiyasi o‘z ishini boshladi.

Joriy yilning 19 may kuni Yer resurslari va kadastr fakulteti bitiruvchilarini ishga taqsimlash taqsimoti bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, fakultet dekani SH.Narbayev, Yerdan foydalanish kafedrasi mudiri A.Altiyev, fakultetni davlat granti asosida tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalari va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xayitovlar qatnashdi. 20 may kuni Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilarini ishga taqsimlash taqsimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Iqtisodiyot fakulteti dekanati O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Xolbutayev, Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsenti A.Tabayev, assistent N.Akramova, Iqtisodiyot fakulteti tyutori R.To`xtiyev, fakultetni davlat granti asosida tugatadigan bitiruvchi kurs talabalari va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xayitovlar qatnashdi.