TIQXMMI yangiliklari

img
03.02.2022

UniCEN loyihalariga start berildi

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti xalqaro loyihalar tanlovida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, universitetimiz 2022 - yilda UniCEN loyihalar tanlovida ishtirok etib, jami 5 ta grant loyihasini qo‘lga kiritdi. Bugun ushbu loyihalarning tantanali ochilish marosimi Amerika kengashi tomonidan onlayn tarzda tashkil etildi.  Uchrashuvda, хalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.Saloxiddinov, Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor T.Sultоnov, "Gidravlika va gidroinfomratika" kafedra mudiri A.Arifjanov, "Traktor va avtomobillar" kafedrasi mudiri M.Amonov, Xalqaro hamkolik bo’limi boshlig’I Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi. Quyidagi loyihalar universitetimiz tomonidan qo‘lga kiritildi.

  1. Kolorado shtati universiteti, Taraz hududiy universiteti va Tojikiston Agrar universitetlari bilan hamkorlikda “Global suv muammolariga qarshi kurashish uchun yangi avlod muhandislarini tayyorlash” mavzusidagi loyihasi
  2. Pace Universiteti (New York), Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (Qirg’isizton), Markaziy Osiyo universiteti (Tojikiston)lar bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo universitetlari uchun BMT BRD maqsadlari – iqlim bo‘yicha harakat va barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan o‘quv dasturini modernizatsiya qilish” mavzusidagi loyihasi
  3. Pensilvania shtati universiteti, Osh Technologiyalar universiteti, Tojikiston Agrar universitetkari bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Markaziy Osiyo va Pensilvania State universiteti” mavzusidagi loyihasi
  4. Nebraska universiteti, Qirg'iziston milliy agrar universiteti, Tojikiston irrigatsiya suvi muammolari instituti bilan hamkorlikda  Birlashgan millatlar tashkilotining BRD Sug'orish tizimidan samarali foydalanish orqali suv barqarorligi va iqlim harakati” mavzusidagi loyihasi
  5. Washington universiteti, Amerika Markaziy Osiyo universiteti, Tojikistonning fizika-texnika Instituti “Markaziy Osiyo universitetlarida havo sifati bilimlari markazini tashkil etish” mavzusidagi loyihasi

Onlayn seminarda loyihalarni bajarishda inobatga olinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashildi va barcha loyihalarini bajarishda muvaffaqiyatlar aytildi.

               
 Universitet matbuot xizmati