Umumxalq hashari amalda
O‘zbekistonda 16—18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Prezidentimiz tomonidan hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlanishi hamda Ramazon oyida mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi. Hasharda O‘zbekistonning barcha fuqarolari faol qatnashadilar, ular o‘zlari yashab turgan ko‘chalardagi joylarga turli xil meva, archa ko‘chatlari ekib, jamoat joylarida obodonlashtirish ishlarini olib boradilar.
Shu munosabat bilan joriy yilning 16 - mart sanasida “TIQXMMI” MTU "Gidromelioratsiya" fakultetiga biriktirilgan “Lashkarbegi” MFY maxallasiga borib, bir gurux talabalar bilan hashar uyushtirildi. Hashar davomida archa ko‘chatlari ekildi, daraxtlar oqlandi va hashar davomida “Lashkarbegi” MFY qarashli ko’chalarda tozalash ishlari olib borildi. “Lashkarbegi” MFY tomonidan amaliy yordam berilganligi uchun maxalla faollari o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Gulchehra Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati