17.04.2022
Umumta’lim maktabidagi sharoit bilan tanishishdi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari poytaxt va Toshkent viloyati tumanlaridagi maktablarga biriktirilganidan xabaringiz bor.
Piskent tumanidagi bir nechta maktab aynan bizning universitet bilan hamkorlik qilishi ko’zga tutilgan. Jumladan, universitetimizning “O’zbek tili va adabiyoti“ kafedrasi o’qituvchilaridan tarkib topgan pedagogik jamoa, aniqrog’I, katta o’qituvchilardan Erkin Yusupov va O’tkir Usmonovlar tumandagi 42-sonli umumta’lim maktabida bo’lishdi.
Ular o’sha maktabdagi ta’limiy-tarbiyaviy jarayondan tortib o’quv jarayonlari va kutubxona, ma’naviy hordiq chiqarish xonalarigacha zimdan nazardan o’tqazishdi va tavsiyalar berishdi.
Universitet matbuot xizmati