26.11.2022
Umummilliy loyiha - barchamizning burchimiz
Milliy tadqiqot universitetimizning barcha fakultetlarida koʼchat oʼtqazish, koʼkalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlariga eʼtibor yuqori boʼlgani kabi Magistratuta boʼlimi ham bu xayrli harakatdan chetda turmagani aniq. Ular tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 25-noyabr kuni Universitetga biriktirilgan Qibray tumanidagi dala maydonida koʼkalamzorlashtirish tadbiri tashkil qilindi, magistrantlar dala maydonida archa daraxtlarini ekishdi va sugʼorishdi. Tadbirda Magistratura boʼlimi boshligʼi А. Yangiev va 30 nafar magistrantlar qatnashishdi. Oʼtqazilgan koʼchat ostiga suv quyish unga umr baxsh etish ekanini ular teran idrok etishdi.
Universitet matbuot xizmati