TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

Ular faxru iftixorimizdir

Ulug’larni qadrlash - bizning mentalitetimizga xos fazilat. Bugun “Yer rerurslarini boshqarish” fakulteti dekani o'rinbosari va tyutorlari boshchiligida talabalar 9-may - XOTIRA VA QADRLASH KUNI oldidan M.Ulug’bek tumanida istiqomat qilayotgan 1941-1945 - yillarda ikkinchi jahon urushi qatnashchisi nafaqadagi general A.Artikbayevning uyiga tashrif buyurdi.

Nafaqadagi general A.Artikbayev urush yillari va hayot yo`llari haqida gapirganida hozirgi farovon hayotimiz, tinchligimiz uchun qalbdagi SHUKRONALIK hissi yanada mustahkamlandi.

Universitet matbuot xizmati