TIQXMMI yangiliklari

img
09.06.2022

Uchrashuv natijalari

Bugun “TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litseyga “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot universiteti xotin – qizlar qomitasi raisi, pedagogika fanlari doktori, professor Ismailova Zuhra Karabayevna tashrif buyurdi.

Tashrif davomida akademik litseyning o’qituvchi va xodimlari bilan samimiy davra suhbati olib bordi. Suhbat davomida har bir pedagog va xodimning oldiga - Akademik litseyda yaratilgan imkoniyatlar va yanada yuksalishi uchun bizga qanday taklif va mulohazalaringiz degan savollarni qo’ydi.

Suhbat davomida har bir pedagog xodim Ismailova Zuhra Karabayevna bilan dildan suhbat olib bordilar. Suhbat davomida Akademik litseyda mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari taklif sifatida aytib o’tildi va bu rejalarning to’liq amalga oshirilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.

Suhbat yakunida pedagog va xodimlar tomonidan Zuhra Karabayevnaga bir nechta takliflar kiritildi. Zuhra Karabayevna tomonidan esa bu takliflar ma’qullandi.

Universitet matbuot xizmati