TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2022

Tyutorlar uchun seminar-trening

“Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani A.Isakov tashabbusi bilan tyutorlar uchun kredit-modul tizimini chuqurroq o’rganish maqsadida o’quv-seminar tashkil etildi.  2022-yil 8-may kuni kafedra mudirlari hamda mutaxassislari tomonidan kredit-modul tizimi, baholash hamda talabalar tanlov fanini tanlash, o’quv-auditoriyalarga ajratilgan soatlar, mustaqil o’zlashtirishi kerak bo’lgan mavzular haqida mahorat darsi o’tib berishdi. Bundan ko’zlangan maqsad shundaki talabalarga tyutorlar tomonidan ta’lim treaktoriyasini to’g’ri tanlash oldiga qo’yilgan maqsad sari ildamlash uchun bilim ko’nikmalarga ega bo’lishdir. 

QSXET fakulteti dekan o’rinbosari A.Mutalov axboroti

Universitet matbuot xizmati