TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2021

Tyutorlar uchun navbatdagi seminar-trening

2021 - yilning 3- noyabr kuni tyutorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening doirasida “Yoshlarga ta'lim-tarbiya berishning maqsadli va samarali metodikasi" mavzusida Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi tomonidan navbatdagi trening tashkil etildi.

Treningni “Professional ta'lim va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri va institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi professor Ismailova Zuxra Karabayevna  olib bordi.  Trening davomida shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro’y berayotgan yuksalish jarayonlari o’zini barcha sohalarda namoyon etayotgani, mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish kerakligi aytib o‘tildi. Seminar-trening savol-javoblarga boy bo‘ldi. Tyutorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga yetarlicha javob oldilar.

TIQXMMI matbuot xizmati