TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

Turonbank o‘quv xonasida seminar

2024 yil 11 may kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turonbank” ATB Kichik va o‘rta biznes departamenti direktori Akmal Muazzamov tomonidan “Tadbirkorlikni va aholini kreditlashda qarz oluvchilarni tahlil qilish va anderrayting tizimi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi tomonidan hozirgi kunda Turonbank tizimida kredit siyosati mazmuni va mohiyati, kredit turlari, kredit limitlari, kredit qarzdorligi bo‘yicha moliyaviy hisobot to‘g‘risida, kreditlarni berish tartiblari, “Turonbank” ATBning kredit ta’minoti siyosati,  garov mulkiga nisbatan shartnomalarni rasmiylashtirish va ta’qiqqa qo‘yish tartibi, “Anderrayting” tizimi to‘g‘risida  atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

  Universitet matbuot xizmati