TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Turonbank o‘quv xonasida seminar

            2024 yil 27 aprel kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turonbank” ATB Operatsion deportamenti direktori Dilfuza Nazarova tomonidan “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” mavzusida ma’ruza qildi.

            Ma’ruzachi tomonidan hozirgi kunda Respublikamizdagi Bank tizimida mijozlarning banklarda hisobvaraqlarini ochish tartibi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni hisobvarag‘ini ochish jarayonlari, mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochishda tuziladigan shartnoma xususiyatlari, masofadan turib bank hisobvarag‘ini ochish shartlari, bank hisobvarag‘ini ochish dasturlari, tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, YTT, dehqon xo‘jaliklari tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun taqdim etiladigan xujjatlar tarkibi, shuningdek, asosiy hisobvaraqni yopish tartiblari to‘g‘risida  atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

  Universitet matbuot xizmati