TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

“Turonbank o‘quv xonasida seminar”

2024 yil 6 aprel kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarni “Turonbank” ATB Muammoli aktivlar bilan ishlash deportamenti boshqarma boshlig‘i Ko‘makov Shavkat Norboyevich tomonidan “Muammoli qarzdorliklarni sudgacha va sud tartibida undirish bochqichlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi tomonidan muammoli qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha samarali tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi, garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulkka qaratish tartibi, garov mulkini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish, aktivlarni majburiy undirish bosqichi to‘g‘risida, shuningdek, “Turonbank” ATBning 2023 yil moliyaviy ko‘rsatkichlari, daromad, harajat va sof foyda rejasini bajarilish holati, bank aktivlari, bank jami kapitali bo‘yicha ma’lumotlar hamda tijorat banklarining muammoli kreditlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

  Universitet matbuot xizmati