TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

“Turonbank” ATB o‘quv xonasida navbatdagi ma’ruza”

2024 yil 16 mart kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun “Turonbank” ATB o‘quv xonasida “Turonbank” ATB “Monitoring va nazorat deportamenti” direktori o‘rinbosari Utanov Uyg‘un Norqobilovich tomonidan “Turonbank ATB kreditlash faoliyatida kredit ta’minoti siyosatining ahamiyati” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi.  Ma’ruzada Kredit ta’minoti siyosatining mohiyati va xususiyatlari, garov sifatida taqdim etilayotgan mol-mulkka qo‘yiladigan talablar tarkibi, garov mulkiga nisbatan garov shartnomalari rasmiylashtirish xususiyatlari va tartibi, mustaqil baholovchining hisobotiga qo‘yilgan talablar xususiyatlari, mulkning bozor qiymatini aniqlashning usullari to‘g‘risida, garov mulklarini almashtirish va qisman garovdan chiqarish tartibi, garovga olish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar asosida mazmunli ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati