TIQXMMI yangiliklari

img
11.10.2023

Turli xil jinoyatlarning oldini olish

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti 11-oktabr kuni 8-ma’ruzalar  zalida 1-bosqich talabalari, dekan o‘rinbosari I.Buxorov, tyutorlar B.Abdullayev, D.Xudoynazarova va Universitet huquq tartibot profilaktika katta inspektori, mayor Ubaydullayev Avzal Rixsiboyevich ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Bu uchrashuvda dekan o‘rinbosari I.Buxorov so‘zga chiqib hozirgi kunda O‘zbekistonda  bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ustuvor maqsadimizdir.

Uchrashuv davomida mavzu yuzasidan Universitet huquq tartibot profilaktika katta inspektori, mayor Ubaydullayev Avzal Rixsiboyevich talaba yoshlar o‘rtasida  mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, talaba yoshlar orasida turli xil jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi va bu borada talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati