Turli xil illatlarning oldini olish
Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar global tus olmoqda. Bu borada bizning oldimizda turgan eng asosiy vazifa voqealarga to‘g‘ri munosabat bildirish hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur jarayon bo‘yicha jamiyatning faol bo‘g‘ini hisoblanuvchi talaba-yoshlarga ushbu holatlar yuzasidan to‘g‘ri tushuncha berish, ularning xatti-harakatlaridan har qadamda boxabar bo‘lishni taqozo etmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 3-noyabr kuni “Energetika” fakulteti dekani A.Isakov yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Buxorov hamda fakultet tyutorlari B.Abdulllaev, D.Xudoynazarovlar talabalar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga qatnashish hamda universitet “Odob-axloq” kodeksiga rioya qilib yurishlari haqida tushuntirib o‘tdi.
Dekan muovini I.Buxorov axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati