TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2022

TTJning talabalardan talabi

Mana, yozgi ta’til ham yaqinlashib kelayati. Shu munosabat bilan GM fakulteti dekani A. Fatxulloyev tashabbusi bilan 4- TTJda fakultetimiz talabalari bilan o’quv yili yakunlanib borayotgani va yozgi ta’til boshlanishi bilan ular o’z uylariga ketishlari oldidan yotoqxona tartib - qoidalariga rioya qilish to’g’risida va oylik to’lovlarni amalga oshirishlari haqida TTJ komendanti Chori aka bilan uchrashib suhbat uyushtirdik.

Har bir talaba yotoqxona uchun to’lovlarni o’z vaqtida muntazam to’lashlari kerakligi, jihozlarni yaxshi saqlashlari va ulardan to’g’ri foydalanishlari kerakligi tushuntirildi. Yangi o’quv yilida yangi tamirdan chiqqan yotoqxona ularni yana quchoq ochib kutib olishi ta’kidlandi.       

     GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati