01.04.2024
TTJda talabalar nazorati
2024-yil 29-mart kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova, “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti H.Botirovalar 2-TTJda istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan uchrashib ular holidan xabar olindi. TTJdagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida suhbatlashildi. Shuningdek TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarni yashash sharoiti, gigienik talabalar va umumiy foydalanish xonalarining tozaligi bo‘yicha nazorat ishlari tashkil etildi. Nazorat davomida tozalikka amal qilmayotgan talabalar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borildi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti
Universitet matbuot xizmati