TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2022

TTJ dagi holat o‘rganildi

"Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti "QSXET" fakulteti mutasaddi jamoasi fakultet dekani A. Isakov boshchiligida 3-TTJga tashrif buyurishdi.

Ochiq muloqot mazmunida o'tgan davra suhbatidan so'ng TTJ oshxonalari, talabalar xonasi tozaligi tekshirildi.

Talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan qavatdagi stol  tennisi kortida talabamiz dekan bilan kuch sinashishdi.

O'zgacha kayfiyat olishganiga shubhamiz yo'q.

    "QSXET" fakulteti tyutori Zilola Nuraliyeva  axboroti

Universitet matbuot xizmati