Tozalik - ziynat
Joriy yilning 20- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Tozalik, ozadalik, poklik - qiz bolaning ziynati" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. У 3-TTJ da yashovchi fakultet talaba qizlari xonalarini birma - bir tozalik, ozadalik, saranjom - sarishtaligini tekshirish bilan birga talaba qizlarimiz bilan tozalik,ozadalik haqida suhbatlashdilar. Jumladan, suhbatni qizlarimizni sog'liklarini, o'qishlarini, kayfiyatlari , qiynayotgan muammolari bo'lsa ochiq dildan suhbatga chorlash har bir xonada yashovchi qizlarimiz bilan alohida suhbatlashib, qizlarimizni xonalarini toza ozodaligini ko'zdan kechirdilar.
Qizlarimizga tozalik - ozadalik, saranjom-sarishta, pok bo'lish qiz bola uchun eng kerakli go'zal fazilatlar ekanini, Tozalik, ozodalik, saranjom-sarishta bo‘lish- inson qalbining go'zalligi ifodasidir deya ta’kidladilar. Davra suhbati savol - javoblar bilan davom etib, suhbatdan qizlarimiz tozalik, ozadalik- qiz bolaning ziynati ekanini anglagan holda tozalik, ozodalik haqida mukammal ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Bu go'zal fazilatlarni qiz bolaga kerakli, muhim omil ekanini tushundilar. Alohida davra suhbati sermazmun, hayotiy misollar,savol- javoblar bilan qizg'in o'tdi.
"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati