TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Tozalik-saodatga eltuvchi ne'mat

Joriy yilning 22-aprel sanasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D Xursandova 1-Talabalar turar  joyi 4-5-qavat talaba yigitlari bil'an "Sog‘ tanda sog‘lom aql" mavzuida davra suhbati tashkil etdi. 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilib kelayotgan talabalar holidan xabar olish, ularni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tozalikka qay darajada e'tibor berayotganlarini nazorat qilish maqsadida o'tkazilgan bu tadbir, ko‘tarinki ruhda savol va javoblarga boy tarzda kechdi. Tadbir soʻngida D. Xursandova jumladan: "Jismini, libosini, uyini pok tutgan inson sog‘lom bo‘ladi, niyati pok, mehnati halol kishining topgan-tutganiga baraka kiradi, el-yurt ichida hurmati baland bo‘ladi, turmushi osuda, hayoti mazmunli o‘tadi", deya o‘z nutqini nihoyaladi. Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etdilar.

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D Xursandova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati