Tozalik-salomatlik garovidir
2024-yil 3-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti “Xotin-qizlar kengashi” a’zolari, 2-TTJda yashaydigan talaba-qizlar ishtirokida “Tozalik-salomatlik garovidir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sh.Abduraxmonova so‘zga chiqib, talaba-qizlarimizga yotoqxona ichki tartib-qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. So‘ngra oshxona, san-uzellar ko‘zdan kechirilib, kerakli maslahatlar berildi. Тalabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva axboroti.
Universitet matbuot xizmati