TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Tozalik ostonadan boshlanadi

Talaba-qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni saranjom-sarishtalik va pokizalikga har doim e’tibor berib yurish borasida “TIQXMMI”-MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutorlari tomonidan  4-talabalar turar joyida 10 yanvar sanasida  dildan  davra suhbati tashkil qilindi.

 Davra suhbati davomida talaba-qizlarimizga orastalik, tozalik, shaxsiy gigiena qoidalari, xonalarni doimiy ravishda ob-havosini o‘zgartirib, shamollatib turish, kiyinishdagi ozodalik haqida bir qancha tavsiyalar va  tushuntirish ishlari olib borildi.    

Qadimda ota-bobolarimiz aytib o‘tganlaridek: turmushning go‘zalligi, oilaning fayzu-barakasi, dasturxonning to‘kinligini faqat pokizalikdan deyilgan.

                      “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

                                                                                    Universitet matbuot  xizmati