Tozalik ostonadan boshlanadi
Saranjom – sarishtalik qalb tozaligidan boshlanadi. Shunday ekan, uy va atrof muhitning tozaligi doimo diqqat markazimizda bo‘lishi foydadan xoli emas. Qolaversa, bu har qanday yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun muhim vosita.
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 3- talabalar turar joyida tyutorlar tomonidan tozalik kuni o‘tkazildi.
Xonalar, oshxonalar, kirxonalar, yuvinish xonalari ko‘zdan kechirildi. Talaba yoshlarga yotoqxona ikkinchi uyimiz ekanligi, uni doim toza va ozoda saqlash kerakligi tushuntirildi. Ayni paytda kerakli tavsiyalar berildi. Odob –axloq kodeksi bilan yana bir karra tanishtirildi. Endilikda gap aytilgan qoidalarga amal qilishda.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari D.Egamova va G.Shodieva axboroti
Universitet matbuot xizmati