24.01.2024
Tozalik – inson ko‘rki
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli 3 - talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Yotoqxona tarbiyachisi bilan birgalikda qavatlar kesimida xonalar, oshxonalar, kirxonalar, yo‘laklar, chiqindi tashlash joylari xam ko‘zdan kechirildi. Talaba – yoshlarga toza va pokiza yashash tarziga rioya qilishga maslahatlar berildi. Oq ko‘ylaklar kunora yuvilib, dazmol qilinsa juda chiroyli va ko‘rkamlik baxsh etishi ta’kidlab o‘tildi. Gigienaga rioya qilgan holda hayot kechirish inson sog‘ligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati