Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida “Ta'lim va tilshunoslik bo'yicha 5-xalqaro konferentsiya”da universitetimiz professsor-o’qituvchilarining ishtiroki
Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida joriy yilning 26-27-aprel kunlari gibrid formatda Ta’lim va tilshunoslik dasturi bo’yicha 5-Xalqaro konferensiyasini o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti, “Ingliz tili’kafedrasi dotsenti Guzal Eshchanova, Dilbar Usmonova va Nigora Yoqubovalar faol ishtirok etishdi.
Shuni ma’lum qilamizki, xalqaro anjuman doirasida Buyuk Britanining bir qator olimlari O’zbekistondagi turli Oliy Ta’lim Muassasalari professor-o’qituvchilar 2 kun davomida ta’lim va tilshunoslik masalalalarida o’zaro fikr almashishdi, xorijiy ekspertlarning ilg’or medodikalri va yangicha yondashuvlari barchaga manzur bo’ldi.
Shuningdek, “Tadqiqot va innovatsiyalar orqali til ta’limini qayta ko‘rib chiqish: amaliy tilshunoslik va o‘qitish amaliyotidagi yangi tendentsiyalar” mavzularidagi masalalarni qamragan ushbu xalqaro konferensiya butun dunyo bo‘ylab til ta’limi standartlarini oshirishda tadqiqotning muhim axamiyatini o’rganishga qaratildi.
Mazkur tadbirda 16 mamlakatdan 250 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan konferentsiya Markaziy Osiyoda til taʼlimini rivojlantirish boʻyicha yuksak natijalarga erishishga imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bu kabi xalqaro anjuman orqali “O‘zbekiston Respublikasini 2030gacha Rivojlantirish Kontsepsiyasiga muvofiq ta’lim standartlarini yangilash, ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorliklarni mustahkamlashga erishish asosiy maqsadlar sifatida e’tirof etildi.