TIQXMMI yangiliklari

img
22.06.2024

Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi "International House Toshkent" akademik litseyi 2-bosqich bitiruvchilar oqshomi bo‘lib o‘tdi

2023-2024 o‘quv yilida litsey iqtidorli yoshlari bir qator yutuqlarga erishishdi. Jumladan, 2-bosqich o‘quvchilarining 97% Chet tilini bilish Xalqaro va milliy sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi, bitiruvchilarning 100% muddatidan avval xorijiy va mahalliy OTM talabalariga aylanishdi, Xalqaro Yoshlar Olimpiadasi litsey yoshlarining 50 nafari g‘olib bo‘lib o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, qatorasiga ikkinchi yil "International House Toshkent" akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi akademik litseylar reytingida 1-o‘rinni egallab kelmoqda.

Tadbir davomida 80 nafar bitiruvchiga qizil diplom, 28 nafar o‘quvchi oltin va kumush medallari va o‘quv yili davomida o‘zlarining bilimi, xulqi va faolligi bilan ajralib turganliklari uchun "Eng yaxshi o‘quvchi", “Mister va Miss Interhouse” nominatsiyalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar taqdirlanadilar.