TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2023

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ da amaliyot darslari

2019 yil 11.07.2019dagi PQ-4391-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 9 oktabrdagi “Suv resurslarini  boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida  ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti M.Abdukadirova, assistent D.Durxodjaev  “Qodiriya bosh suv olish inshooti” bosh mutaxassisi S.Amirovlar bilan birgalikda «Gidromelioratsiya» fakulteti «Suv ta’minoti muhandislik tizimlari» ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich 306-guruh talabalari bilan 2023 yil aprel oyidan boshlab xaftada bir kun amaliy darslarni o‘tib kelishmoqda.

Amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning uzviy natijasi sifatida “Qodiriya bosh suv olish inshooti” da ko‘chma dars tashkil qilinib, talabalarga ochiq usulda suv olish inshootlari va tehnologiyalari hamda ularni ekspluatatsiya qilish  borasida ilmiy-amaliy bilimlar berildi.