TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2022

Topganini ulashgan – saxiy, tabassumini ulashgan baxtli

        Joriy yilning 4 oktyabr kuni universitet psixologi M.K. Muxamedova va GTQ fakulteti tyutori  D.Xursandovalar hamkorlikda GTQ fakulteti 2 kurs 208-209-guruh  talabalari bilan “Tabassum bu – ibodat ” mavzusida tadbir o'tkazishdi. Tadbir talabalarga  tabassum bilan kulguning farqi, tabassumning inson psixikasiga, salomatligiga ta'siri va dinimizda tabassumning ibodat ekani haqida tushuncha berish orqali insonlar ijtimoiy hayotida tabassum orqali erishishlari mumkin bo'lgan yutuqlar haqida ma'lumot berish maqsadida tashkillashtirildi.

        Tadbir “Tabassum – dard, og'riq va xatolarga davo” shiori ostida o'tkazildi. Tadbirda M.K.Muhammedova o'z nutqida: jilmayish, ohista kulish tabassum bo'lib, mana shu mo'minning sifati ekani, tabassum ibodat hisoblanishi, Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rоsululloh sоllallohu alayhi vasallam: “Do'sting yuziga qarab qilgan tabassuming sadaqadir”, – deganlari haqida va ayni paytda tabassumning 19 turi aniqlangani, ular ikki guruhga: “ijtimoiy” va “asl” tabassumga bo'linishi, asl tabassum chin yurakdan tabassum qilishga aytilishi, ijtimoiy tabassumni boshqacharoq, “xushmuomalalik uchun tabassum qilish” deb atalishi, kishi tabassum qilganda yuzdagi 17 muskul harakatga kelishi haqida so'z yuritdi. Tadbir davomida tabassum inson yuzi uchun ajoyib badan tarbiya ekani, u inson jismi va aqliga foyda berishi, qon bosimining oshishi va yurak xastaliklarining oldini olishi hamda insonda o'ziga bo'lgan ishonchni shakllantirishi, tabassum yuz muskullarining holati bilan hamohang tarzda ishlaydigan miya faoliyatining ijobiy holatini kuchaytirishi bilan birga, atrofdagilarning ruhiyatiga ham o'z ta'sirini o'tkaza olishi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilardan  o'tilgan mavzu yuzasidan olgan taassurotlari haqida mini so'rovnoma olindi va muhokama qilindi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati