TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2022

Tojikiston Agrar universiteti bilan hamkorlik

         Uchrashuvda Tojikiston Agrar universiteti "Yer resurslarini boshqarish va geodeziya fakulteti" dekani M.Mirzoyev va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev, "Yerdan foydalanish" kafedra mudiri A.Altiyev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvda universitetlar o‘rtasida magistratura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirish uchun dastlabki qadamlar qo‘yildi. O‘quv rejalar o‘zaro kelishish uchun o‘quv rejalar almashildi.  Shuningdek, uchrashuvda hamkorlikda PhD himoyalarini tashkil etish xususida ham muhokama qilindi. Natijada, 2022 - yil Tojikiston Agrar universiteti 1 nafar doktoranti 06.01.10 – Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosligi bo‘yicha himoyasi amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

                       Universitet matbuot xizmati