"TIQXMMI" MTUning OAK ro'yhatidan o'tgan "Sustainable agriculture" jurnali yangi son uchun ilmiy maqolalarni qabul qilish davom etayotganligini ma'lum qilamiz
Jurnalda amaliy va fundamental xarakterdagi ilmiy maqolalar nashr etiladi. Ushbu maqolalar qisqa va uzoq muddatli istiqbolda antropogen iqlim o'zgarishi sharoitida suvning holati sezilarli darajada pasaygan va suv manbalarining ifloslanishi ortib borayotgan davrda qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirishga bag'ishlangan. Shuningdek, jurnalda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi va xavfsizligi, nasoslar va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirishning ilmiy-texnik muammolari bo‘yicha innovatsion tadqiqotlar, agrar tarmoq iqtisodiyotiga bag‘ishlangan, tahliliy materiallar asosida boyitilgan, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, ilmiy tilda bayon etilgan tadqiqot natijalari e’lon qilinadi.
Talablar
1. Texnik talablar
- Ilmiy maqolaning umumiy hajmi 1,5 intervalda 8-10 betdan iborat bo‘lishi;
- Annotatsiya
- 10-12 ta kalit so‘zlar;
- Maqolalar ingliz tilida qabul qilinadi.
2. Maqolaning asosiy matniga qo‘yiladigan talablar:
- Kirish
- Asosiy qism
- O‘rganilganlik darajasi
- Tahlil va natijalar
- Xulosa va takliflaR
- Foydalanilgan adabiyotlar (matnda snoska shakli qo‘yilmasin, adabiyotlar [1..2..3..] shaklidagi qavsda ichida maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi ketma-ketlikda berilishi lozim)
Ushbu talablar doirasida taqdim etilmagan maqolalar qabul qilinmaydi va taqrizdan o‘tmagan maqolalar muallifga qaytarilmaydi. Jurnalga qabul qilingan maqolalarni nashr qilishda mualliflardan to'lov olinmaydi, maqolalar bepul nashr etiladi. OAK ro'yhatidan o'tgan "Sustainable agriculture" jurnali mualliflarga elektron shaklda taqdim etiladi. Jurnal sayti: http://sa.tiiame.uz/
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 712371958, 977078758 raqamiga yoki @kodirnosurullaev ga telegram orqali bog‘lanishingiz mumkin
Kanalga ulanish:@sustainable_agriculture