TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2022

“TIQXMMI” MTU huzuridagi tarmoq markazi UZ CLAAS AGRO QK MChJ bilan hamkorlikda ko’chma mashg’ulotlarni tashkil etdi

“TIQXMMI” MTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi UZ CLAAS AGRO QK MChJ qoshma korxonasi bilan hamkorlikda 2022 yilning 22 aprel kuni professional ta’lim muassasalari “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” yoʽnalishi bo’yicha ishlab chiqarish ta’lim ustalari tasdiqlangan reja-grafik asosida malaka oshirish kurs (144 soat)larida ta’lim olayotgan bosh ustalar “QXM” kafedrasi dotsenti A.Borotov boshchiligida UZ CLAAS AGRO QK MChJga ko’chma mashg’ulot o’tish uchun tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida ishlab chiqarish ta’lim ustalari bugungi kunda qoshma korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy texnikalar bilan bevosita yaqindan tanishdilar. Ko’chma mashg’ulotdan ko‘zlangan maqsad so‘ngi rusumdagi texnikalar bilan tanishish, ular xaqida ko’proq malumotlarga ega bo’lish va professional ta’lim muassasalarida dars berayotgan fanlar resurslarini boyitish hamda zamonaviy ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.

Ko’chma mashg’ulot yakunida barcha ishlab chiqarish ta’lim ustalari o‘zlariga kerakli bo‘lgan foydali ma’lumotlar hamda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Tinglovchilar tarmoq markazi hamda korxona rahbariyatiga o‘z minnatdoshchiliklarini bildirdilar.