“TIQXMMI” MTU delegatsiyasi “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining Tojikistondagi 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivalida
“TIQXMMI” MTU delegatsiyasi “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivalida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxti Dushanbega tashrif buyurishdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad “TIQXMMI” MTU ning mavqeini oshirish hamda xorijiy talabalarni universitetga jalb etishdan iborat. Tashrifning ilk kuni delegatsiya a’zolari Dushanbe shahrida joylashgan Ekspomarkazda bo’lishdi. Shuningdek, “TIQXMMI” MTU haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishi uchun banner, flayer hamda boshqa tarqatma materiallar bilan bo’lishishdi. Delegatsiya a’zolari Tojikiston Respublikasi xalqaro loyihalar markaziga tashrif chog’ida Tojikiston yoshlariga O’zbekiston universitetlari bilan tanishtirib, mavjud bo’lgan grandlar haqida ham ta’kidlab o’tishgan. Shu bilan birga universitetlararo hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida markaz rahbari Odinazoda Ramazon Safar bilan muzokaralar olib borildi. 22-aprel kuni delegatsiyamiz ikki guruhga ajralgan holda o’z vazifalarini davom ettirishdi.
“TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti decani Uchqun Alimov hamda shu fakultet 2-bosqich talabasi, “Students’ Union” prezidenti Safarova Farzona bilan birgalikda Tojikiston Milliy kutubxonasida “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivalining ochilish marosimida ishtirok etishdi. Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o’rinbosari, Tojikiston Respublikasi Ta’lim va Ilm vaizri Saidzoda Rahimhamro, xorijiy davlarning favqulodda va muxtor elchilari, xorijiy va Tojikiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektori hamda oliy ta’lim muassasa vakillari ham shular jumlasidan. Kunning ikkinchi qismida xorijiy oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish bo’yicha davra suhbatida ishtirok etdi. Shu bilan birga Safarova Farzona universitet haqidagi ma’lumotlar bilan davra ishtirokchilari, ya’ni xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillariga tanishtirib chiqdi. Shu jumladan Uchqun Alimov ham hamkorlik mavjud bo’lgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlik to’g’risida suhbat olib bordi. “TIQXMMI” MTU ikkinchi delegatsiya a’zolari M.Piter va A.Abdullayevlar Dushanbe shahridagi Ekspomarkazda “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivalida ishtirok etishdi. 22-23 -aprel kuni bo’lib o’tgan ko’rgazmlari davomida abuturiyentlarga 450 dan ortiq tarqatma materiallar delegatsiya az’olari tomonidan taqdim etildi hamda universitet haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xorijiy davlar elchixonasi vakillari bilan ikki tomonlama maqbul aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida suhbat uyushtirildi. Shu qatorda Tojikiston televideniyasiga “TIQXMMI” MTU talabari uchun yaratgan shart-sharoitlari hamda ko’rgazmadagi ishtiroki haqida so’zlab berildi.
Delegatsiya vakillari tashrif davomidam Tojikistonning bir qancha shahrlarida bo’lishdi. Jumladan Xalton viloyati Boxtar shahriga tashrif chog’ida Madaniyat binosida “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivali ochilish marosimida ham ishtirok etishdi. Tadbirda Boxtar shahridagi maktablardan tashrif buyurgan 800 dan ortiq maktab bitiruvchilariga universitet haqida ma’lumotlar yetkazildi. Keying manzil Xo’jand bo’lib Dushanbedan Xo’jandga qadar yo’l olgan vakillarimiz aynan o’sha manzillarga oid tarixiy obidalar, tabiati hamda ishlab ciqarish ob’ektlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. “Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining 1-xalqaro ta’lim yarmarkasi-2024” festivalida ishtirok etish uchun tayyorgarlini kunning ikkinchi yarmida boshlab, joylar “TIQXMMI” MTU ga tegishli flayer, banner va boshqa tarqatma materialler bilan to’ldirildi. Bunday xalqaro ko’rgazmalarda qatnashish universitetni xalqaro miqyosda tan olinishi hamda xorijiy talabalarni universitetga jalb etishga ajoiyb imkoniyat hisoblanadi. Xalqaro ko’rgazmalar oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish, almashinuv o’quv dasturlari ishlab chiqarish yuzasidan muzokaralar o’tkazishda katta yordam beradi desak mubolag’a bo’lmaydi.