“TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesitetiga "Elsevier"ning Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Ayhan Saracoglu tashrif buyurdi
Uchrashuvda universitetimizning Elsevier ilmiy jurnallar tarmog‘idagi tutgan o‘rni va salohiyati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi. Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktorining ta’kidlashicha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti olimlari Elsevier jurnallar to‘plamida nashr qilayotgan ilmiy maqolalar dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori ekanligi qayd etildi.
Universitet olimlari tomonidan chop etilayotgan maqolalar h-index o‘rtacha 6,5 ekanligi, Earth and Planetary Science, Environmental Science, Energy, Engineering kabi sohalarda yetakchilik qilayotgan alohida e’tirof etildi. Yuqoridagi sohalarda dunyo bo‘yicha chiqarilayotgan maqolalar indeksi o‘rtacha 4.0 ga yetgani katta muvafaqqiyat ekanligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti olimlari o‘rtacha 27% maqolalari xorijlik olimlar bilan hammualliflikda, 10% maqolalar esa eng yuqori impact faktorli jurnallarda chop etilgani e’tirof etildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning tadqiqotlari BMT ning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining Clean water and sanitation, Affordable and Clean Energy, Decent Work and Economics, Climate Action , Life Below water, Life on Land hayot kabi yo‘nalishlarda eng ko‘p hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidlab o‘tildi.