"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida “Young Scientist School 2023” yosh olimlar maktabi bo‘lib o‘tmoqda
24-26-iyul kunlari "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida “Young Scientist School 2023” yosh olimlar maktabi bo‘lib o‘tmoqda.
“Yosh olim maktabi” O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va suv resurslari bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Unda Germaniyaning nufuzli universitetlari va tadqiqot markazlari maruzachilari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti va TIIAME Milliy tadqiqot universiteti maruzachilari “Sirkulatsiya va iqlim o'zgarishi, shuningdek iqlim isishining mamlakat suv resurslariga ta'siri” haqida ma’ruzalar o’qishadi.
“Young Scientist School 2023” yosh olimlar yozgi maktabi ochilish marosimi 24-iyul kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universitetida bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti rektori Prof. Bakhodir Mirzaev, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev, GFZ nemis geofanlar markazi doktori Abror G'ofurov so’zga chiqishdi va hozirgi kunda suv resurslaridan oqilona foydalanishning dolzarbligi va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so’z yuritishdi.
Tadbirda Dr.Abror G’ofurov tomonidan “CLIMWATER” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi va loyihaning asosiy maqsad va vazifalari haqida yig‘ilganlarga tushuncha beriladi.
Yosh olimlar yozgi maktabi birinchi kunida ishtirokchilar uchun “O‘zbekistonda suv resurslari: ehtiyoj va muammolar” va “Muzlik bilan qoplangan suv havzalarida kelajakdagi suv oqimi hissasini modellashtirish” mavzularida panel sessiyalari tashkil qilindi.
Unda gidrologiya va suv hosil bo‘lishining fizik jarayonlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berildi hamda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi davrida suv resurslarini boshqarishda zamonaviy vositalar va modellashtirish usullaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o’tkaziladi.
Manba: mininnovation.uz