TIQXMMI yangiliklari

img
09.06.2023

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetida 840 o‘rinli yangi talabalar turar-joyi barpo etilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti talabalari uchun bunyod etilayotgan yangi talabalar turar joyida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu zamonaviy yotoqxona 840 o‘rinli bo‘lib, universitet talabalari yashashi uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Jarayonlar bilan tanishisharkan vazir yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar bu yerdagi qurilish ishlarini sifatli va puxta yakunlash choralarini ko‘rishligini ta’kidladi.