TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Students’ Union tashkiloti va “International House Tashkent” akademik litseyi o’rtasida “British parlement” shaklida DEBAT tashkil etildi

Debat – har bir ishtirokchining ziyrakligi, so’z boyligi, topqirligi va dunyoqarashini shakillantiradigan bellashuvdir. Bu bellashuv sog’lom raqobatga asoslangan bo’lib, unda har bir qatnashchi o’z fikrini to’liq va ravon yetkazib berishi muhimdir.

"TIQXMMI "MTU Students’ Union tashkiloti prezidenti Safarova Farzona hamda  “IHT” akademik litseyi "Debate club"sardorlaridan bo`lmish Xoldarmirzayev Maksudbek tashabbusi bilan birgalikda “Britaniya parlamenti” shaklida debat tashkil ettirildi. Universitet ARM direktori M.Yaxyayev Axborot resurs markaziga taklif etdi. Ushbu debatga hakamlik uchun professor Ali Rahimiy, biznes maslahatchi McCann Peter taklif etildi. Debatni ingliz tilida o'tgani Universitetimizdagi horijiy talabalarni ham e’tiborlarini tortdi. Tojikistonlik talabamiz Rustam Niyazov o’z faolligini ko’rsatdi. Debat mavzusining o’zi ham juda qiziq bo’lib “O’lim hukmi bekor kilish” deb nomlangandi.

Yakunda do’stlik g’alaba qozondi va "TIQXMMI" MTU Students' Union rahbarlari E.Ozodov, B.Fayzullaxo’jayev, Z.Yuldasheva, H.Tashpulatova, N.Ibrohimov tomonidan tashkillashtirishda faol qatnashganlar va barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi . Professor Ali Rahimiy o’z nutqida “bunday qizg’in debatni va bunday olov talabalarni oldin hech qayerda ko’rmaganman” deb ta’kidlab o’tdi.

 "TIQXMMI"MTU Students' Union vitse-prezidenti Bexzod Fayzullaxo'jayev axboroti