TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank ATB hamkorlikda “Yangi innovatsion g‘oyalar, startaplar va ilmiy loyihalarni” biznesga aylantirishga ko‘maklashadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017-yil 1-noyabrdagi pq-3365-sonli,  “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli hamda “Byurokratik to‘siqlarni  yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga  zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga  oshirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank ATB hamkorligida “Yangi innovatsion g‘oyalar, startaplar va ilmiy loyihalarni” biznesga aylantirishga ko‘maklashish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Agrobank ATB xodimlari tamonidan qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni toʻliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida, shuningdek, “O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni qiziqtirgan savollariga bank mutaxassislari tomonidan javoblar berildi. 

Universitet professor-o‘qituvchilar, A.Boqiyev, B.Karimov, J.Ishchanov, hamda iqtidorli talabalardan Sh.Yarlakabov va boshqa ishtirokchilar o‘zlarining takliflari va startap loyihalari bo‘yicha so‘zga chiqdi.
Iqtidorli talabalardan Sh.Yarlakabov o‘zining startap loyihasi bo‘yicha taqdimoti va biznes rejalari hamda ishlanmasi nomoyishini amalga oshirdi.