TIQXMMI yangiliklari

img
12.03.2022

"TIQXMM" Milliy tadqiqotlar universitetida " Aptis for teachers"

     Joriy yilning  11-mart  sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Yer Resurslarini Boshqarish”, “Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “ Suv xo‘jaligi tashkil etish va boshqarish” fakultetlari professor-o’qituvchilari va doktorantlari ishtirokida Britaniya Kengashining “Aptis for Teachers” imtixoni tashkil etildi. Xalqaro imtixonni  “Yer Resurslarini Boshqarish” “fakulteti dekani prof.Narboev Sharofiddin va “Ingliz tili” kafedrasi mudiri Begov Fayzullo ochib berishdi. Ushbu raxbarlar o‘z nutqlarida  professor-o‘qituvchilarning xorijiy til ko’nikmalarini yanada rivojlantirishlari   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o’tdilar. Tadbirni "Kasbiy Rivojlantirish Markazi" treneri  Go'zal Eschanova tashkillashtirdi. 

  Ma’lumki, “Aptis for Teachers” - bu ta'lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtixon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritish va test davomida xorijiy til ko’nikmlariga e'tibor qaratish imkonini beradi.Ushbu imtixonning afzalliklaridan biri uning qulayligi va hamyonbopligi, barcha aspektlar bir kunda tashkil qilinishi va 72 soat ichida natijalarni olish imkonini beradi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                  Ushbu tizimda o'qish, tinglash, grammatika va lug'at avtomatik ravishda baholanadi.Bu imtixon turi Britaniya Kengashi maxsuloti bo’lib, kompyuterda online rejimda tashkil qilinadi va  maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi, test formati bilan tanishish kifoya qiladi xolos. “Aptis for Teachers” - bu tillarni bilish bo'yicha test bo'lib, u CEFR (Common European Framework of Reference) ga muvofiq nomzodning haqiqiy ingliz tilini bilish darajasi haqida ishonchli ma'lumot taqdim eta oladi.

'"TIQXMMI" Milliy Tadqiqotlar Universiteti Matbuot Xizmati