TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

Tiniq tafakkurdan aniq nutqqa

Joriy yilning 19-aprel kuni notiqlik san'ati yuzasidan "Tiniq tafakkurdan aniq nutqqa" mavzusida navbatdagi  onlayn hamda oflayn tarzda dars mashg'uloti bo'lib ótdi. Bu safargi dars asosan onlayn rejalashtirilgan bolsa-da, yotoqxonada yashovchi talabalar oflayn tarzda bolishini istab matbuot xizmati xonasiga yigilishdi.  

Ushbu darsda onlaynda GM,QXM  fakulteti talabalari, oflaynda esa QSXET, YRB fakulteti talabalari qatnashdi. YRB fakultetining bir qancha talabalari oflayn dars o'tishlarini iltimos qilib borishdi. Dars avvalida bu talabalar bilan mikrofon qarshisida tanishtiruv jarayoni bo'lib o'tdi. Bu mashg'ulotda oflayn qatnashgan talabalar faollik ko'rsatdi. Ularga so'zlarni to'g'ri qo'llash va nutq madaniyatiga to'g'ri rioya qilishning bir qancha usullari o'rgatildi.  Ustoz bir nechta so’zlarni aytib, ularning sinonimlarini topish va og’zaki va yozma matn tuzish hamda ifodali tarzda o’qib berishni topshirdi.

Bu topshiriqlarda talabalar faol qatnashib o’z qobiliyatlarini namoyish etishdi. Ushbu darsda bolalarni o'zlari sevib mutolaa qilgan she'r va hikoyalarni aytish jarayonidagi videoroliklar qo'yib berildi. Olib borilayotgan darslarda R. Jumaniyozov har bir talaba-yoshlarning nutqini o'stirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Chunki yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ertangi kun liderlari, kelajak bunyodkorlari o’z fikri va nutqiga ega bo’lishini doim ta’kidlaydilar. Bu vazifani his etgan aksariyat talabalar dars jarayoniga befarq emasligi bizni quvontiradi.

 

“GM” fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti
Universitet matbuot xizmati