TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

Tinglay olish anglash sari qadam

Joriy yilning 21-aprel kuni Notiqlik san'atidan navbatdagi dars mashg'ulotimiz bo'lib o'tdi. Ushbu darsda SXTEB, QXM, QSXET, GTQ, GM fakultetlari talabalari qatnashdilar. Dars jarayonida  shu narsa ma'lum bo'ldiki, talabalarning notiqlik darsiga bo'layotgan qiziqish va ishtiyoq tobora ortib bormoqda. Albatta, bu quvonarli. Chunki til va nutq barcha sohalarning kaliti, yoshlar esa bunga befarq emas.

Bu gal talabalar o'zlari bilgan, mutolaa qiladigan she'r va hikoyalarni ifodali aytib berishdi. Tinglovchilardan esa aytilgan she'r va hikoyalarni tahlil qilish talab etildi. Shu asnoda ularning nutqiy ko’nikmasi shakllantiriladi. Bu mashg'ulotlar insonga qo’rquv va hayajonni yengishga yordam beradi. Talabalar o’zlarining hayotiy shiorlari orqali maqsadlarini ifoda etishga intilishdi. Ustoz ularga tinglash anglashga qo’yilgan qadam ekanini uqtirdi.

Shu bilan birga talabalar bir-birini yaqindan tanib olishi va qaysidir ma’noda do'stlashishlariga ham yordam beradi. Ushbu treningda QSXET fakulteti talabasi Abdumurotova Shahlo o'zi bilgan hikoya haqida so'zladi va auditoriyani o'ziga jalb qila oldi. Keyinchalik, SXTEB fakulteti talabasi Behzod Fayzullayev Paolo Kaeloning  va QXM fakulteti talabasi Javohir Jo'rayev Stiv Jobsning hikoyalaridan parchani aytib berdi. Ushbu dars juda qiziqarli va mazmunga boy tarzda o'tdi.

GM fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti

Universitet matbuot xizmati