Times Higher Education (THE)” Xalqaro reyting agentligi vakilining universitetimizga tashrifi
Joriy yilning 21-iyun kuni “Times Higher Education (THE)” Xalqaro reyting agentligining Buyuk Britaniya va Yevropa bo’yicha tijorat direktori Lachin Italmazova rasmiy tashrif bilan universitetimizga keldi. Mehmon bilan tashkil etilgan uchrashuvda universitet rektori Professor B.Mirzayev, Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo’limi boshlig’i I.Abdurahmanov va mazkur bo’lim yetakchi mutaxassisi A.Xamraliyev ishtirok etishdi.
Universitet rektori uchrashuvni boshlab, universitet haqida taqdimot qilib, tanishtirgach, Lachin Italmazova universitet jamoasini bu yilgi THE “Impact” reyting ko‘rsatgichida barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) bo‘yicha egallagan o‘rinlari bilan muborakbod etdi. Uchrashuv davomida THE vakili ushbu reytingning yangilangan metodologiyasi bilan tanishtirib, “TIQXMMI” MTU ning mintaqaviy hamda kelgusida global reytingga kirishi uchun asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan me’zonlar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni berib o’tdi. Shu bilan bir qatorda, universitetimizning xalqaro arenadagi mavqeyi va brendini tanitish uchun kerakli tavsiya va maslahatlar ham berib o’tdi. Uchrashuv so‘ngida universitet rahbariyati tomonidan mehmonga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘asi taqdim qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Times Higher Education (THE)” xalqaro reyting agentligi tomonidan 2023 yil uchun e’lon qilingan “Impact” reytingida quyidagi 5 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) bo‘yicha qatnashib, yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘ldi:
- BRM 2: Ocharchilikga yo‘l qo‘ymaslik (Zero Hunger) 101-o‘rin
- BRM 6: Toza suv va sanitariya (Clean Water and Sanitation) 201-o‘rin;
- BRM 7: Arzon va toza energiya (Affordable and Clean Energy) 301-o‘rin;
- BRM 13: Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish (Climate Action) – 201-o‘rin;
- BRM 17: Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik (Partnership for the Goal) 601-o‘rin.
Universitet matbuot xizmati