TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

Til - el taqdirining oynasi

Har bir xalqning borligi, borlig‘i uning tili bilandir. Demak, u ijtimiy-siyosiy mohiyat kasb etadi.  O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining  34 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlarda xuddi shu ruh hukmronlik qildi. Milliy tadqiqot universitetining "Iqtisodiyot" fakulteti tomonidan tayyorlangan "O‘ZLIGIM -TIMSOLI, ONA TILIM!" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri katta ahamiyat kasb etdi. Universitetning Madaniyat saroyida tashkil etilgan ushbu tadbirda talaba va professor o‘qituvchilar, san’atkorlar va nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

Madaniyat saroyiga kirish yulagida, adras kiygan qizlarimiz, yuzlarida go‘zal, nim tabassum, qo‘llari ko‘ksilarida, saf tortib turishlari hammani xushnud etdi. Madaniyat saroyi bayramona bezatilgan bo‘lib sahna markazida monitorda "21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun"  yozuvi va milliy bayrog‘imiz aks etib turdi. Talabalarning faol ishtirok etganini alohida e’tirof etish kerak. Dastavval, talaba qizlar ona tilimizga bag‘ishlov she’rlaridan o‘qib berishdi.

Tadbirni ochib berish uchun  so‘z “Toshkent Irrigatsiya va qishlok xo‘jiligini  o‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari   instituti ” Milliy tadqiqot universiteti  prorektori Ro‘zimurod Chorievga berildi.   "Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir "deya  prezidentimizning uqtirganlari e’tiborga molik bo‘ldi. Darhaqiqat Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan  “Ӯzbek tili”  jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. So‘ngra so‘z navbati aziz mehmonimiz filologiya fanlari doktori professor Baxtiyor Menglievga berildi. U tilimizning tarixi va grammatiq asosi.

Keyin navbat Universitetimiz psixologi Muhayyo Muxamedova rahbarligidagi  Xor jamoasiga berildi. U "Ona tilim " qo‘shig‘i  bilan davraga fayz kiritdi.  Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkori, direktor o‘rinbosari Xayrulla Inog‘omov hamda “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘olibasi, "Madaniyat va san’at fidokori"," Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni sohibasi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatr ijodkori Gulasal Rahmonovaning chiqishlari ayricha bo‘ldi.

Inson uchun Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik muqaddas bo‘lsa, ona tili ham shunchalik azizdir. Hattoki, go‘dak ham dunyoni ona tili orqali anglaydi. Shuning uchun doim til, millat, Vatan tushunchalari yonma-yon yuradi. Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili – millat ruhi, or-nomusi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir.