TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2022

Til bilish-kelajak kaliti

"Gidromelioratsiya" fakulteti 2-kurs talabalarining qiziqishlari va iltimoslari yuzasidan tyutor Tursunova Zilola tomonidan “Til bilish-kelajak eshiklari kaliti” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i mutaxassis Umurzoqov Zufar Murodovich mehmon sifatida tashrif buyurib, talabalarga til o’rganishning ahamiyati, qanday qilib bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar chet ellardagi oliygohlarda o’qishni davom ettirish mumkinligi xususida qizg’in suhbat olib bordilar. Ayniqsa, mutaxassis talabalarga “Ielts” sertifikatini qo’lga kiritish va “Green card” yutish imkoniyatlari haqida kerakli fikr-mulohazalarni berib o’tdilar. Tadbir so’ngida talabalar o’zlari qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va bugungi uchrashuv yana qayta tashkil etilishini taklif sifatida kiritdilar.

Universitet matbuot xizmati