TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2021

Tijorat banklarining tashqi savdo amaliyoti

Ilmiy - amaliy seminarlar soha rivoji va uning takomillashuvida muhim o‘rin tutadi. 2021-yilning 4-dekabrida Turonbank xonasida “Tashqi savdo amaliyotlari va uning mexanizmlari” mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. ATB Turonbank Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti direktori Qutbiddinov Isomiddin Zoxriddin o’g’li taqdimot qildi. Ma’ruza juda qiziqarli bo’lib, tashqi savdo amaliyotlarining mexanizmlari to’g’risida asosli ma’lumotlar bevosita ATB Turonbank misolida tushuntirildi. O’zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayoni kuchayib bo’rayotgan davrda ushbu taqdimotning ahamiyati, foydaliligi yuqori hisoblanadi.

 "Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti professor-o’qituvchilari, tayanch doktorantlari, talabalari tomonidan ko’plab savollar berildi va masalaning mohiyatini chuqurroq o’zlashtirish imkoniyati kuchaytirildi. Ushbu doimiy amal qiladigan seminar “ta’lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasining yorqin misoli hisoblanadi. Fakultetimiz professor-o’qituvchilari bevosita real sektorda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mexanizmlar to’g’risida aniq ma’lumotlar olish imkonini bermoqda. Bu albatta, ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaymiz.

TIQXMMI matbuot xizmati